O‘zbekiston talabalari Turkiy davlatlar III Universiadasiga yo‘l oldilar
Ertaga, 3-sentyabrdan 9-sentyabrga qadar Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida Turkiy davlatlar III Universiadasi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Unda 5 ta mamlakatdan tashrif buyurgan sport delegatsiyalari 5 ta olimpiya va 2 ta noolimpiya sport turi bo‘yicha bellashadilar.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur nufuzli musobaqada 7 ta sport turi – shaxmat, futzal, voleybol, stol tennisi, dzyudo, erkin kurash hamda yunon-rum kurashi bo‘yicha jami 80 nafar talaba sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun: 2023-yil 5–10-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar II Universiadasida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 36 ta (15 ta oltin, 11 ta kumush va 10 ta bronza) medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.