📢 Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari eʼlon qilindi
2025/2026-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishini ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz (https://transfer.edu.uz/) platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
📌 O‘qishi ko‘chirilishiga tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.