Navbatdagi sayyor qabul bugun, 11-avgust kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan “Bobur” MFY fuqarolari ishtirokida o‘tkazildi.
✍️ Qabul jarayonida universitet vakillari sport ta’limi, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni sport to‘garaklariga keng jalb qilish, universitetning sport inshootlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul tartibi, belgilangan mezonlar va imtiyozlar haqida atroflicha axborot taqdim etdi.
💬Yakunda sayyor qabul ishtirokchilarining turli yo‘nalishlarga oid murojaatlari ham tinglanib, ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olib borildi.