Yaponiyalik kurashchilar uchun mahorat darslari qizg‘in davom etmoqda
Bugun, 11 avgust kuni ham mashg‘ulotlar Xalqaro kurash institutining eng tajribali ekspertlari boshchiligida o‘tkazildi.
🔹 Kunning ikkinchi yarmida yaponiyalik sportchilar kurash usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Murabbiylar ularga kurashning texnik qoidalari, samarali taktikalari va kuch ishlatishning muhim jihatlarini batafsil tushuntirib berdi. Kurashchilar ushbu mashg‘ulotlarda o‘z mahoratini yanada oshirib, yangi bilimlarga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida mazkur bir haftalik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yaponiyalik mutaxassislar hamda kurashchilarning tajriba va malakasini oshirishga xizmat qilishi, shu bilan birga, mashg‘ulotlar Xalqaro kurash institutining eng tajribali murabbiylari tomonidan olib borilishi alohida qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida, kurash usullari texnik va hakamlik qoidalar bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlar va baholash mezonlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni oshirishni o‘z ichiga olgan ushbu mahorat kursi joriy yilning 14-avgust sanasiga qadar davom etadi.