#UNIVERSIADA_2025
#FUTBOL ⚽️⚽️⚽️⚽️
Joriy yilning 9-14 aprel kunlari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida futbol bo’yicha Universiada sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan yarim final o‘yinida Toshkent viloyati shaʼnini himoya qilayotgan universitetimiz futbol jamoasi Sirdaryo viloyati jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning ilk finalchisiga aylandi.
Ertaga bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida jamoamizga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati juftligida g‘olib chiqqan jamoa raqiblik qiladi.
Jamoamizga oldindagi muhim o‘yinda ham faqat g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz!