Joriy yilning 15-20-dekabr kunlari Andijon viloyatida 2000 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida Chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Turizm va sport vazirligining ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining joriy yildagi kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazildi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalaridan birinchi bor tashkil etilgan Chim ustida xokkey terma jamoasi ushbu musobaqada qatnashib, faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zDJTSU matbuot xizmati