#talaba_yutuqlari
🤺2025-yil 27-28 fevral kunlari Quvaytda o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning sabliya va shpaga yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
🌏Qit’a davlatlarining kuchli 16 ta terma jamoasi orasida yurtimiz bayorog‘ini ko‘klarga ko‘targan O'zbekiston qizlar terma jamoasi musobaqa qahramonlariga aylandilar. Sportchilarimiz barcha bosqichlarda raqiblari ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va oltin medalni qo'lga kiritdi!
🌟Quvonarlisi, terma jamoa safida o‘z iqtidorini to‘liq namoyon etib, musobaqa chempionligiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan Samira Shakirova va Bibimaryam Saparova O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining qilichbozlik yo‘nalishi talabalaridir.
💐👏Sportchilar va murabbiylarimizni tabriklaymiz!