2025-yil 19-20 fevral kunlari Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etilib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi dotsenti Svetlichnaya Nailya Kamilevna o‘zining “Ta’limda inklyuziya” mavzusidagi taqdimoti bilan qatnashdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan odamlarga atrof-muhitga moslashishga yordam berish, muloqot ko‘nikmalarini yaxshilash va intellektual rivojlanish darajasini oshirishdan iboratdir. Shuningdek, seminar davomida inklyuziv yondashuv va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslar uchun ta’lim tizimidagi zamonaviy usul va texnologiyalar haqida ham ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti dunyoning Top-1000 universitetlari (QS World University Rankings-2024 801-850) reytingidan joy olgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.