Joriy yilning 15-dekabr kuni Og‘ir atletikachi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Nail Muxamedyarov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida mehmon Og‘ir atletika taʼlim yo‘nalishi talabalarining o‘quv mashg‘ulot zallari, o‘quv auditoriyalari hamda universitetda talaba sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Maʼlumot uchun, Nail Narimanovich Muxamedyarov 1962 yil 8 noyabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U Seuldagi (1988) Olimpiada o‘yinlarida 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida kumush medalni, shuningdek, 110 kilogramm vazn toifasida 1990 yilgi Jahon kubogida ham kumush medalni qo‘lga kiritgan.