#Korrupsiyaga_yòq_deylik
#Yoshlar_korrupsiyaga_qarshi
Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Sport o‘yinlari fakulteti talabalari ishtirokida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Toshkent viloyati Maʼmuriy sud raisi Aziz Ernazarov, Toshkent viloyati sudi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bosh konsultanti Sherzod Xudayberdiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi Sunatulla Ablaqulov, Chirchiq shahar prokurori o‘rinbosari Akbar Nigmanovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda talaba-yoshlarga mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy