Xabaringiz bor universitetimiz rektori, professor Mahmudjon Boltabayevning fakultetlar kesimida talaba-yoshlar bilan uchrashuvi doimiy tashkil qilinmoqda. Bu galgi shunday uchrashuv Qishki va Murakkab sport turlari hamda Paralimpiya fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, xususan, talabalar ijarada qayerda yashamoqda, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, bu talabalarning o‘qish jarayoniga qanday taʼsir ko‘rsatmoqda kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy