O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan 2018 yilda boshlangan faol hamkorligi davom etmoqda. Qabul qilingan qo‘shma taʼlim dasturiga muvofiq sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qabul 2+2 qo‘shma o‘quv dasturi asosida 2018/2019-o‘quv yilida amalga oshirilgandi. Talabalar taʼlimning dastlabki ikki yilini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘qishdi. Endilikda talabalar uchinchi va to‘rtinchi kurslarni Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetida davom ettirishadi. Bugun, 14-oktyabr kuni talabalar guruh rahbari, mazkur qo‘shma taʼlim 1+1 dastur bitiruvchisi, Qishki sport turlari nazaryasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Rejepov boshchiligida Minsk shahriga jo‘nab ketishdi.
Qabul qilgan dasturga muvofiq sinov imtihonidan o‘tib, o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetining ikki tomonlama (double degre) diplomi beriladi.