#xalqaro_tajriba
Xitoyning Shinjon sport, kasb-hunar institutida boks bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini juda qizg‘in kechmoqda.
Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda sportchi talabalarimiz mashg‘ulot davomida o‘zaro tajriba almashib, o‘z ko‘nikma va mahoratlarini yana-da oshirmoqdalar. Shuningdek, mazkur institut bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi.