Joriy yilning sentyabr oyidan Litva sport universiteti 24 oylik “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti doktorantlari va yosh olimlarining ilmiy kompetentsiyalarini tarbiyalash” loyihasini amalga oshirishga kirishdi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – O‘zDJTSU doktorantlari va yosh olimlarining ilmiy faoliyat jarayonlari bilan tanishish hamda ilmiy faoliyatning zarur kompetentsiyalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi.
Shu maqsadda, 19-26 noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 10 nafar doktorant va yosh olimlari Litva sport universitetiga tashrif buyurdi va loyihaning birinchi bosqichida sport menejmenti, sport fizioterapiyasi, sport fiziologiyasi, sport pedagogikasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 30 soatlik treningda ishtirok etishdi. Trening davomida LSU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari doktorlik ilmiy faoliyatini olib borish yuzasidan o‘zlarining ilg‘or tajribalarini yetkazadilar.
Qolgan bosqichlarda ham O‘zDJTSU doktorantlari va yosh olimlariga Litva sport universiteti professor-o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yillar davomida mazkur universitet 15000 dan ortiq jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, turli sport turlari bo‘yicha yuqori malakali murabbiylar, fizioterapiya va sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislar hamda turizm va sport menejerlarini tayyorlagan.