#talabalar_ligasi
Ayni vaqtda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Universitet bosqichi davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 21-noyabr kuni 60 ga yaqin talaba-yoshlar musobaqa doirasidagi stol tennisi hamda shaxmat sport turlaridan o‘zaro bahs olib borishdi.
Natijalar so‘ngida, Sport o‘yinlari fakulteti yigit-qizlari stol tennisi bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritishdi.
stol tennisi (o‘g‘il bolalar):
2-o‘rin – Paralimpiya va qishki sport turlari fakultetiga;
3-o‘rin – Yakkakurash sport turlari fakultetiga nasib etdi.
qizlar o‘rtasida:
2-o‘rin – Paralimpiya va qishki sport turlari fakulteti;
3-o‘rin – Sportni boshqarish fakulteti.
Shaxmat sport turidan esa Sportni boshqarish fakulteti yigit-qizlariga teng keladigan jamoa topilmadi va mazkur fakultet yuqori ko‘rsatkich bilan musobaqa yetakchisiga aylandi.
shaxmat (o‘g‘il bolalar):
2-o‘rin – Kurash fakulteti;
3-o‘rin – Yakkakurash sport turlari fakulteti.
qizlar orasida:
2-o‘rin – Kurash fakulteti;
3-o‘rinni – Paralimpiya va qishki sport turlari fakulteti egalladi.