#talaba_yutuqlari
Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para tog‘ chang‘isi bo‘yicha “SKI Dubai” Xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan universitetning Paralimpiya va qishki sport turlari fakulteti talabalari sovrindorlar safidan o‘rin oldi. Jumladan, ayollar o‘rtasidagi bahslarda talabalarimiz: Yulduz Maxmudova oltin, Asel Turdimuratova kumush medal, erkaklar o‘rtasida esa Firdavs Xudoyatov oltin medal sohibiga aylanishdi.
Sportning barcha yo‘nalishida birinchilikni egallab kelayotgan talabalarimizga ofarin deymiz!