5-noyabr kuni Buxoro shahrida Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining respublika final bosqichining tantanali yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari Mirali Hamroyev talabalarni ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etayotganliklari qutlab, gʻoliblarni mukofotladi.
3 kun davomida Buxoro viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining sport inshootlarida hamda Buxoro shahridagi sport majmualarida sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari tashkil etilib, yakuniga yetkazildi. Mazkur musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan talaba-yoshlardan iborat jamoalardan 576 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Sport turlari boʻyicha gʻoliblik quyidagicha taqsimlandi:
Yengil atletika
1-oʻrin Buxoro viloyati – Buxoro davlat pedagogika
2-oʻrin Xorazm viloyati – Urganch davlat universiteti
3-oʻrin Samarqand viloyati – Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Futbol
1-oʻrin Xorazm viloyati – Urganch davlat universiteti
2-oʻrin Fargʻona viloyati – Fargʻona davlat universiteti
3-oʻrin Andijon viloyati – Andijon davlat universiteti
Stol tennisi (oʻgʻil bolalar)
1-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-oʻrin Xorazm viloyati – Urganch davlat universiteti
3-oʻrin Fargʻona viloyati – Qoʻqon davlat pedagogika instituti
Stol tennisi (qizlar)
1-oʻrin Jizzax viloyati -- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali
2-oʻrin Sirdaryo viloyati – Guliston Davlat universiteti
3-oʻrin Samarqand viloyati – Samarqand davlat universiteti
Stritbol (oʻgʻil bollar)
1-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-oʻrin Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
3-oʻrin Surxondaryo viloyati – Termez Davlat universiteti
Stritbol (qizlar)
1-oʻrin Fargʻona viloyati – Fargʻona davlat universiteti
2-oʻrin Andijon viloyati – Andijon davlat universiteti
3-oʻrin Jizzax viloyati– Jizzax davlat pedagogika universiteti
Voleybol (qizlar)
1-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
2-oʻrin Buxoro viloyati – Buxoro davlat universiteti
3-oʻrin Namangan viloyati – Namangan davlat universiteti
Voleybol (oʻgʻil bolalar)
1-oʻrin Buxoro viloyati – Buxoro davlat universiteti
2-oʻrin Toshkent viloyati – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
3-oʻrin Namangan viloyati – Namangan davlat universiteti.
Bilim va malakani baholash agentligi Buxoro viloyat boʻlimi binosida tashkil etilgan“Besh tashabbus olimpiadasi” tantanali yopilish va taqdirlash marosimida hududlardan tashrif buyurgan delegatsiya rahbarlariga hamda mazkur musobaqani tashkil etishda yaqindan yordam bergan tashkilotlarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Manba: Axborot xizmati