#xushxabar
#talaba_yutuqlari
Xitoyning Xanchjou shahrida qizg‘in davom etayotgan IV yozgi Para Osiyo o‘yinlarida har bir para atletlarimiz bor kuchi bilan yurtimiz sharafini himoya qilishayotgani tahsinga sazovor!
Jumladan, bugun para yengil atletika yo‘nalishida sportchilarimiz beqiyos g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi. Ulardan biri O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya va qishki sport turlari fakulteti talabasi Tolibjon Yo‘ldashev bo‘lib, u para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Barakalla Tolibjon!