19-sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashining yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov olib bordi.
Yigʻilishda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy paralimpiya qoʻmita raisi Muxtorxon Tashxodjayev, Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Murodjon Ismoilov, vazir maslahatchisi Avazjon Karimov, Milliy universitet rektori Inomjon Majidov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltabayev, Fargʻona viloyati xokim oʻrinbosari Fayzullajon Qosimov, Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi Baxtiyor Berdialiyev hamda sport sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-iyuldagi PQ–244-son qaroriga muvofiq, sport tibbiyoti yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida amalga oshirilgan 2023/2024 oʻquv yili uchun qabul natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ–414-son qarori ijrosi yuzasidan koʻrilayotgan choralar hamda 5–8-ilovalar bilan tasdiqlangan grand loyihalarni jalb etish roʻyxatini qayta koʻrib chiqish masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida vazir A. Ikramov sifatli taʼlimni tashkil etish, kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor berish kerakligini taʼkidladi.
Shuningdek, belgilab olingan ishlarni samarali amalga oshirish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.