Joriy yilning 13-17 sentyabr kunlari poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan Tennis kortida sportning kikboks turidan “Uzbekistan Open-3” Xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Sport musobaqalarida doimo oldingi saflarda boruvchi O‘zDJTSU talaba-yoshlari anʼanani saqlab qolgan holda, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, universitetning kikboks yo‘nalishi talabalari: Zarif Istamov – oltin, Nodir Ernazarov, Maxsud Nuraliyevlar – kumush, Feruzbek Umarbekov esa bronza medali sohibiga aylanishdi.
Ahamiyatlisi, shogirdalari qatorida musobaqada munosib ishtirok etgan Boks, kikboks, muay-tay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, ustoz-murabbiy Qahhor Umarov ham kattalar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egallab, universitet jamoasiga yana bir oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Sportchilar oilasiga g‘alabalar muborak bo‘lsin!