#talaba_yutuqlari
Parijda bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida F37 klassining yadro uloqtirish dasturida birdaniga ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Jumladan, Qudratulloxon Maʼrufxo‘jayev 14 metr 69 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 14 metr 62 sm natija qayd etgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya fakulteti talabasi Tolibboy Yo‘ldashev delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish lozimki, har ikkala sportchimiz ushbu musobaqada o‘zlarining shaxsiy rekordlarini o‘rnatishdi va eng muhimmi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritishdi.