Yig‘ilish kun tartibida o‘quv yilda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, qabul jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, taʼlimdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olish, universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda, ularning huquqiy ongini oshirish maqsadida videorolik namoyishi tashkil etildi.
Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarish bo‘yicha masʼullarga zarur topshiriqlar berildi.