Kuni kecha “BASTION” telegram kanalida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabasi oliygohning nazorat baholash tizimidan norozilik bildirilgan xabar tarqaldi.
Universitetda joriy yilning 5 iyun kunidan birinchi va ikkinchi kurs talabalari uchun fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar boshlandi.
Talabalarning yakuniy nazoratlari HEMIS axborot tizimi orqali kompyuter xonalarida tashkil etilmoqda. Ushbu jarayonda shaffoflikni taʼminlash uchun jalb etilgan nazoratchilardan tashqari, sinovlar kuzatuv kameralari orqali ham yozib olinmoqda. Sinovlarda ishtirok etayotgan talabalar testni yakunlashi bilan o‘zi qayd etgan natijani bilib olishadi.
Asosiy maqsadimiz, yakuniy nazoratda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va shaffoflikni oshirishda, zamonaviy AKTdan foydalanib, inson omili taʼsirini kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirishdan iborat.
Shu sababli universitet rahbariyati akademik qarzdor bo‘lgan talabalardan bor kuchi va iqtidorini bilim olishga sarflab o‘z tanlagan sohalarini mukammal egallashlarini so‘rab qoladi.
Universitetda korrupsion holatlarga duch kelsangiz @rektorgatakliflar, @rektorgasavolimbor, @anticorruptionjtsutelegram botlari orqali hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limining +99891 777-71-31, +99855 901-09-32 ishonch telefon raqamlari yoki shu raqamdagi telegram manzillari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati