Joriy yilning 4-13 may kunlari Tailand davlatining Bangkok shahrida muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Quvonarli jihati shundaki, ushbu jahon chempionatida universitetimizning Yakkakurash sport turlari fakulteti talabalari Husanov Zubayr - oltin medal, Qahramonov Akobir - bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Universitet rahbariyati tomonidan ushbu talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.