Shu kunlarda Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Aytish kerakki osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun yuqori notada o‘tmoqda. Musobaqaning bugungi bellashuvlarida hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Quvonarlisi Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir guruh talabalari ham bor.
Talabalarimizdan Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, 1.84 M) Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 M) o‘z yo‘nalishlarida oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
Avvalroq 5 iyun kuni ikki nafar talabamiz Dunyozod Sayfullayev disk uloqtirish hamda Elina Silyamiyeva bosqon uloqtirish bahslarida kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Universitet jamoasi talabalarimizni va ularning ota-onalarini, ustozlarini mazkur g‘alabalar bilan tabriklaydi hamda kelgusi musobaqalarda zafarlar tilaydi!