Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltabayev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi tomonidan oliygohga biriktirilgan bir nechta mahalla yoshlarining yashash manzillariga tashrif buyurilib, ular holidan xabar olindi.
Tashrif davomida yoshlarning oilaviy sharoiti o‘rganildi. Jumladan, Chirchiq shahri Haydar Mahsudov ko‘chasida istiqomat qiluvchi Nodirbek Norboyevga universitetda tashkil etilgan kikboksing sport turi bo‘yicha to‘garakdan bepul foydalanish imkonini beruvchi sertifikat hamda sport formalari topshirildi. Undan tashqari “Yulduz” MFYda yashovchi Fariza Таgabaevaga rasm chizib, dars qilishga mo‘ljallangan maxsus stol olib berildi.