Joriy yilning 10-17 may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sportning velosport – MTB turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida “Oqtosh-Chorvoq-Mountain” nomli Xalqaro turnir o‘tkazilib, musobaqa muddatidan oldin, ya’ni 14-may kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Murakkab-texnik sport turlari kafedrasining talabalari musobaqa davomida turli bosqichlarda o‘zlarining bor mahoratini namoyon qilishdi.
Jumladan, musobaqaning yakkalik bahslarida Begzod Rahimboyev 3-o‘rin, Famonskiy Aliksiy 2-o‘rinni egallagan bo‘lsalar, guruh bahslarida esa ayollar o‘rtasida Misyurena Margarita 1-o‘rin, Sofiya Karimova hamda erkakalar o‘rtasida Demitriy Bacharovlar 3-o‘rinni band etishdi.
Aytish joizki, mazkur ko‘p kunlik xalqaro turnir Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritish imkonini berdi.