Xabaringiz bor, ayni damda universitetimiz vakillari Sankt-Peterburg shahridagi P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safar davomida mazkur xorijiy universitetning bir qator yo‘nalishlari va tegishli kafedralariga tashrif buyurgan holda, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishilmoqda. Xususan, O‘zDJTSUning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev oliygohning kibersport yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.
Muloqot asnosida prorektor mazkur sport turi bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazalarini bildirish bilan birga, O‘zbekistonda ham kibersport turini xavfsiz rivojlantirish hamda ommalashtirish bo‘yicha davlat rahbarining qarori qabul qilingani, shuningdek, bu borada qator samarali ishlar olib borilayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi