Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda “Seni sog‘indik, bahor!” nomli kinoaksiyasi va «Kinokarvon» loyihasi doirasida “Kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Yangilanayotgan konstitutsiya – barchamizniki” shiori ostidagi “Referendum va yoshlar” forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rahbar va ishchi xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Forum davomida bir qator elimiz ardog‘idagi sanʼat egalarining yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, shuningdek yangilanayotgan Konstitutsiya – har tomonlama porloq kelajagimizning bosh ustuni bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari, bildirgan ezgu tilaklari va yangragan kuy-qo‘shiqlar sportchilar oilasining barcha vakillariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi!