Bugun universitetimizning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan ulug‘ sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlangan “Kuch-bilim va adolatda” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazildi.
Unda Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari mamlakatda o‘tkazgan islohotlari, yurt obodligi va tinchligi, ilm-fan taraqqiyoti va rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida o‘quvchilarga maʼlumotlar yetkazildi.
Tadbir davomida birinchi kurs badminton sport turi yo‘nalishi 01-22 guruh talabalari tomonidan Amir Temurga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.