Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev hamda Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri J.Umarov oliygohning Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida universitet va filial vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish imkoniyatlari, taʼlimda integratsiya jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, talaba-yoshlarning nomdor stipendiya va tanlovlardagi ishtirokini yana-da oshirish kabi muhim masalalar yuzasidan so‘z bordi.
Uchrashuv yakunida esa ikki tomon talabalarining almashinuvi va ular uchun master-klasslar tashkil etishga kelishib olindi.