Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar chavandozlar maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur tadbirda Universitet, Ilmiy tadqiqotlar instituti hamda Toshkent shahar chavandozlar maktabi rahbariyati, ot sporti bo‘yicha masʼul mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Unda kadrlar tayyorlash, o‘zaro tajriba almashuv tadbirlari, sport mashg‘ulotlarni ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ot sporti bo‘yicha ilmiy seminar va konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, Chavandozlar maktablari uchun o‘quv adabiyotlarini nashrga tayyorlash va chop etish masalalari muhokama etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyati chavandozlar maktabi tomonidan ushbu tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.