O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son ijrosini taʼminlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan shu yilning 9 mart kuni Toshkent viloyati Chavandozlar maktabida tarbiyalanayotgan yosh chavandoz-sportchilar hamda Nurafshon shahrida joylashgan Prezident maktabida tashkil etilgan ot sporti seksiyasida shug‘ullanayotgan havaskor yosh chavandozlarning jismoniy rivojlanishi, funksional holati va jismoniy tayyorgarligini baholash yuzasidan ilmiy-amaliy tadbir o‘tkazildi.
Unda O‘zDJTSU Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining yosh olimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.