Yig‘ilish davomida komissiya hayʼati aʼzolari boshchiligida universitetning Futbol hamda Sport o‘yinlari fakultetlari talaba-yoshlari o‘rtasida kelib chiqqan mojaro shuningdek, qasddan sodir etilgan o‘g‘irlik hodisalarining sabablari o‘rganilib, mazkur holatlar bo‘yicha fakultetlar tyutorlari va dekan o‘rinbosarlarining fikrlari tinglandi. Profilaktika inspektori N.Agabekov tomonidan esa yuzaga kelgan bu salbiy jarayonlarning ayni vaqtdagi umumiy holati, ular bo‘yicha jinoyat ishi va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. O‘z navbatida ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan talabalar bilan ham suhbat olib borildi.
Yakunda barcha olingan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, universitet Odob-axloq Komissiyasi aʼzolari ikkala holatga intizomiy hamda huquqiy baho bergan holda, ularning ishtirokchilarini talabalar safidan chiqarish xulosasi qatʼiy chora sifatida qabul qilindi.