Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan taniqli kinoaktyor, huquqshunos Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ijodiy kecha qahramoni va talabalar o‘rtasida kechgan qizg‘in suhbatda mazkur asarning yozilish tarixi, muallifning ijodiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar, shu bilan birga sayohat qilgan davlatlaridan olgan taassurotlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.