#Xalqaro_hamkorlik ????
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, xorijiy tajribalar asosida ta'lim sifatini oshirish maqsadida hamkor xorijiy universitetlardan biri Belarus milliy texnika universiteti taklifiga binoan 1-5 iyul kunlari universitet rektori M. Boltabayev rahbarligida rasmiy delegatsiya Belarus Respublikasida mehmon bo‘lib turibdi.
➡️Ushbu tashrif davomida bir qancha masalalar jumladan 2021/2022 o‘quv yilida qo‘shma ta'lim dasturini yo‘lga qo‘yish, shuningdek universitet professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish masalalari muhokama qilinadi.
➡️Eslatib o‘tamiz, Belarus milliy texnika universiteti delegatsiyasi joriy yilning aprel oyida rasmiy tashrif bilan O‘zDJTSUda bo‘lib qaytgandi.
©️Xalqaro aloqalar bo'limi
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy