Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zDJTSUda oliygohning Kurash fakulteti, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan erkin kurash sport turi bo‘yicha Universitet ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida talabalar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun bellashdilar va qayd etish kerakki, har bir bahs murosasiz kechdi.
Yakunda sovrindorlar kafedra hamda O‘zDJTSU sport klubi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlanib, boshqalaridan farqli o‘laroq, mazkur musobaqada eng yaxshi hakam, eng faol sportchi kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham talabalar aniqlandi.