Bugun O‘zDJTSUda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan mustaqil izlanuvchi, doktorant va tayanch doktorantlar uchun “Sportda ilmiy tadqiqotlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori R.Xalmuxamedov, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari, professor N.To‘xtaboyev, Ilmiy kotib, p.f.b.f.d. (PhD), dotsent N.Yusupov, laboratoriya mudirlari, institutning yetakchi va yosh olimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida professor R.Xalmuxamedov tomonidan ilmiy tadqiqot ishini olib borishning o‘ziga xos bosqichlari va unga qo‘yiladigan talabalar, shuningdek, tadqiqot ishi bo‘yicha eʼlon qilinadigan ilmiy maqolalarning yozish tartibi, qonun-qoidalari haqida qimmatli maʼlumot va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.