#TAYINLOV
Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.
Unda Yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi Avazjon Karimov, vazirlik boʻlim boshligʻi Muqim Arziqulov, Fargʻona viloyat Yoshlar siyosati va sport ishlari bosh boshqarma boshligʻi Nodir Hakimov, filial maʼmuriyati va xodimlari ishtirok etdi.
Yig'ilishga raislik qilgan Vazir maslahatchisi A.Karimov Vazir buyrugʻini oʻqib eshittirdi. Shu kunga qadar direktor lavozimida ishlagan Rasulov Ravshan Mirzayevich oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilib, filial direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar masalasi va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor lavozimida ishlayotgan Dusanov Noryigit Ernazarovich tayinlandi.