Islom Karimov, chin ma’noda xalqimiz mehrini qozona olgan, shu bilan birga xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. Uning O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratish hamda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashdagi o‘rni benihoya kattadir!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yuksak e’tibori tufayli Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash esa ezgu an’anaga aylandi.
Yana bir haqiqat borki, u ham bo‘lsa Islom Karimov har bir vatandoshimiz xotirasida abadiy yashaydi!