Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi hamda Tibbiyot fakulteti bilan hamkorlikda “O‘z uying va o‘z sog‘ligingni o‘zing asra” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘lim boshlig‘i R.Babajanov, universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi M.G‘aniyeva, Anatomiya kafedrasi mudiri, professor D.Safarova, Ichki kasalliklar kafedrasi o‘qituvchisi X.Yusupov, barcha fakultetlarning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda hozirgi vaqtda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo natijasida talabalar turar joyi va ijarada istiqomat qilayotgan talabalarga elektr energiyasi, tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga doimo rioya qilishlari kerakligi alohida taʼkidlanib o‘tildi. Shuningdek, Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” va “Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish” mavzularida maʼruzalar qilindi.
Tadbir yakunida esa universitetda psixolog sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Ashirova Jayron Altibayevna hamda Yakkakurash sport turlari fakulteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Eshpo‘latov Sardor Sobirjonovichlar talabalarga tanishtirildi.