Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Mas-Restling sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida ilk marotaba “Mas-Restling sport turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida Universitet chempionati” musobaqasi o‘tkazildi.
Unda Sportning qishki va murakkab-texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, Osiyo bodibilding, fitnes va Mas-Restling federatsiyasi vitse-prezidenti A.Yusupov, federatsiya bosh kotibi F.Matkarimov, universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Xadjayev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Dastlab, mutaxassislar tomonidan talaba yigit-qizlarga mazkur yangi sport turning qonun-qoidalari haqida maʼlumotlar berilib, amaliy tarzda ham ko‘rsatib o‘tildi. Shundan so‘ng musobaqani universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Xadjayev ochib berdi. Musobaqa davomida yigit-qizlar og‘ir va yengil vazn toifalarida qizg‘in bahs olib borishdi.
Yakunda esa g‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Jumaladan:
1-o‘rin – sohiblariga eng so‘nggi rusimdagi telefon;
2-o‘rin – egalariga sport kurtkasi;
3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalarga esa sport formalari taqdim etildi.