O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda 2022 yil 3 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114 sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida universitetda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Shundan so‘ng universitet rektori, professor Maxmudjon Boltabayev O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga Xadjayev Anvar Zakirovich tayinlanganini o‘qib eshittirdi.
Maʼlumot uchun, Anvar Xadjayev bungacha universitet rektori maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.