Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh talabalari o‘rtasida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida sportning voleybol, futbol, stol tennisi, badminton, shaxmat va shashka turlaridan “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Dastlab musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektorining sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Xodjayev, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar va talabalar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida rahbar xodimlar va murabbiylar tomonidan bugungi tashkil etilgan musobaqa ahamiyati haqida bir qancha fikr-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng, badiiy gimnastika, taekwondo sport turlari bo‘yicha iqtidorli talabalar ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, musobaqa jarayonlariga start berildi.