Xabaringiz bor, joriy yilning 28-noyabr kunidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Аksilkorrupsiya haftaligi boshlangan edi.
Mazkur haftalik doirasida oliygoh fakultetlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Kurash fakultetining milliy kurash yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalari ishtirokida ham haftalik munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i S.Risboyev, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida talabalarga korrupsiya – jamiyatni ichidan yemirib boruvchi eng xavfli illat ekanligi, unga yo‘l qo‘ygan har bir insonning umri tanazullaga yuz tutishi muqarraligi, shuningdek, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hamda uning oqibatida yuza kaladigan salbiy natijalar to‘g‘risida zaruriy fikr-mulohazalar bildirildi.
Suhbat yakunida esa talabalarni doimo ogoh bo‘lishga chaqirildi.