Xabaringiz bor, joriy yilning 4-5 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Kosiki karate bo‘yicha ikkinchi jahon chempionati hamda Syogun kubogi – 2022 bahslari bo‘lib o‘tdi.
Katta ahamiyatga ega ushbu turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan Toshkent shahar fudokan karate-do federatsiyasi o‘nlab mamlakatlar orasida yaqqol ustunligni namoyon etdi. Eng quvonarli jihati esa, yurtimiz sharafini munosib himoya qilganlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yakkakurash sport turlari fakulteti talabasi Shamsiddin Mirzokulov ham bordir. Sportchi talabamizning erishgan mazkur yutug‘i universitetning barcha ustoz-murabbiylar quvonchiga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yakkakurashlar va jamoaviy kurashlar bo‘yicha 13 ta oltin, 12 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, yakunda umumjamoalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija bilan esa vakillarimiz 2023-yil Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma sohiblariga aylandi.