Hurmatli, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar, murabbiylar va mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda talabalar diqqatiga!
Sizda sport sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar yohud O‘zbekistonda sport turlarini ommaviylashtirish, rivojlantirishdagi muammo va ularning echimlariga qaratilgan o‘ziga xos takliflar bormi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Joriy yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Bokschilar o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida I-Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, anjuman doirasida istiqbolli va iqtidorli sportchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) ishlari hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini maqsadli tashkil etish masalalari to‘g‘risida ham munozarali bahslar bo‘lishi kutilmoqda!
Agarda yuqoridagi mavzular sizning e’tiboringizni tortgan bo‘lsa, unda barchangizni mazkur anjumanga taklif etib qolamiz!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99893 601-99-41, E-mail: Gulom-1979@mail.ru.