Kuni kecha Respublika miqyosida 30 mingdan ziyod ko‘ngillilar ishtirokida 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” marafoni o‘tkazildi.
Mazkur marafon doirasida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti talabasi Jasur Rustamjonov ham 3 km masofani 2-bo‘lib bosib o‘tib, o‘zining munosib ishtirokini namoyon etdi.