Talabalar amaliyoti va bandligini ta’minlash bo‘limi
Talabalar amaliyoti va bandligini ta’minlash (keyingi o‘rinlarda “Bo‘lim” deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-414-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasi va sifatini oshirish, shuningdek, amaliyot o‘tash davrida qo‘llab-quvvatlash maqsadida,hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-sonli, 2022-yil 13-iyundagi 202-sonli buyrugʻiga binoan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomi ijrosini taʼminlash tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi.
Boʻlim vazifalari va funksiyalari
- Talabalar amaliyotini ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos tashkilotlarda tashkil etilishini ta’minlash.
- Talabalar amaliyotini tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish, o‘rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib universitet rahbariyatiga taqdim etib borish.
- Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
- Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
- Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash, kafedra va tashkilot ish rejasi asosida rejalashtirilgan karerya kunlarini tashkil qilish.
- Xar yili 1 dekabrdan kechikmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzish.
- Talabalar amaliyotini tashkil etish uchun amaliyot dasturi va kerakli xujjatlarni kafedralar, hamkorligida yaratish, amaliyotga chiquvchi talabalar bazasini shakllantirish.
- Talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin borish.
- Talabalar amaliyotini ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos tashkilot, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta’minlash.
- 10 Talabalar amaliyotini tashkilot, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish, o‘rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib universitet rahbariyatiga taqdim etib borish.
- Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
- 12 Ta’lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlarni o‘tkazishni ta’minlash.
- Amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida rahbarlik etadi.
- “Hemis” axborot tizimining qabul kuvotasini joylashtirish.
- “Hemis” axborot tizimining bituruv vargʻini shaklantirish.
- “Hemis” axborot tizimining “Talabalar” menyusiga talluqli bo‘lgan bitiruvch – talabalrini ishga joylashtirish monitoring qilish.
- Kafedra mudirlari bilan hamkorlikda universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirishda, viloyatlar, tumanlardagi bandlik boshqarmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va talabalar amaliyoti yakuni bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish, amaliyot yakuni bo‘yicha o‘quv-uslubiy boshqarmaga ma’lumot kiritish.
Bo‘lim boshlig‘i
Alfayzov Saloxiddin Abdusalomvich
E-mail: saloxiddin.alfayzov@jtsu.uz
Talabalar amaliyoti va bandligini ta'minlash bo‘limi bosh mutaxassis
Jumaniyozov Jasurbek Jumiyozovich