Joriy yilning 28-30 oktabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 23-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarini o‘tkazishga tayorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi hamda Toshkent viloyati hokimining “Universiada-2022” sport musobaqalarining viloyat bosqichi, sportning o‘yin turlari bo‘yicha hududiy-saralash va respublika final bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bayonnomalari asosida sportning jamoaviy o‘yin turlaridan biri bo‘lgan gandbol sport turi bo‘yicha yigit-qizlar o‘rtasida “Universiada – 2022” sport musobaqalarining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahari jamoalarining o‘g‘il-qizlari o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Uch kun davom etgan o‘yinning har bir kuni qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi bilan Toshkent viloyatining yigit-qizlariga teng keldigani topilmadi va mazkur jamoa musobaqaning respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.